Ijtimoiy ish – aholining zaif qatlamlarining ijtimoiy muammolarini hal qilishda harakatlantiruvchi kuch

Jahon ijtimoiy ish kuni aholining yordamga muhtoj qatlamlari uchun zarur bo’lgan asosiy ijtimoiy himoya masalalariga e’tibor qaratadi

18 Mart 2024
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2024 yil 19-mart – Bugun O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan birgalikga Jahon ijtimoiy ish kunini nishonlash doirasida hamjamiyatlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirib, ularni o‘zgarishlarga ilhomlantirar ekan, UNICEF butun mamlakat bo‘ylab bolalar va yoshlarni jamoatchilik asosidagi qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish uchun innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga chorlaydi.

Bu yilgi mavzu "Buen Vivir: O’zgarishlar uchun umumiy kelajak" bo'lib, u ijtimoiy ish xodimlari mahalliy hikmat va tabiat bilan uyg'un yashashga asoslangan innovatsion yondashuvlarni qabul qilish zarurligini ta'kidlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (IHMA) tashkil etilishi bilan ijtimoiy ish sohasiga yanada ko’proq e’tibor qaratila boshladi. Ushbu tashkilot oldiga qiyin hayotiy sharoitda qolgan to‘qqiz million kishiga professional xizmat ko‘rsatish vazifasi qo’yilgan bo’lib, bular jumlasiga nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar, bolalar kiradi.

Hozirda O‘zbekistonda 4600 nafar ijtimoiy ishchi faoliyat yuritadi. 2024 yilda esa jamiyatdagi odamlarga xizmat ko‘rsatish va ularning hayotiga ijobiy o‘zgarishlar kiritish uchun yanada ko‘p ijtimoiy ishchilar mazkur soha vakillari qatoriga qo‘shiladi. Hozirgi kunda aholining har 100 ming nafariga ijtimoiy ish xodimlari soni 13 nafarni, bolalarni himoya qilish funktsiyalarini bajaruvchi ijtimoiy ish xodimlari soni esa har 100 ming nafar bolaga 3 nafarni tashkil etadi. O‘zbekistonda bolalar ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘proq ijtimoiy ish xodimlariga ehtiyoj bor.

"Yosh mutaxassislarni global ijtimoiy ish tarmoqlari va harakatlariga jalb qilish muhimligini e’tirof etish lozim. Yosh ijtimoiy ishchilarning energiyasi, innovatsiyalari va yangi istiqbollari paydo yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish va jamiyatning o'zgaruvchan ehtiyojlariga moslashishda bebahodir", dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba.

UNICEF O‘zbekistonda yillar davomida o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish orqali ijtimoiy ish xodimlari salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashib kelmoqda. UNICEF eng yaxshi ijtimoiy ish maktablari va malakaga asoslangan treninglar tashkil qilish orqali xalqaro miqyosdagi hamkorlikka ko’maklashdi. IHMA, O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa hamkorlar bilan ishlash rejasida ijtimoiy xodimlari bilan ishlash “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonunni moslashtirishga, ijtimoiy ish amaliyotining professional standartlarini ishlab chiqishga va yangi ishchilar uchun ish joyida intensiv o‘qitishga qaratilgan.

UNICEF O‘zbekistonda yosh mutaxassislar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni ilg‘or xalqaro tajribalar bilan tanishtirish va xalqaro ijtimoiy ish xodimlari hamjamiyatining hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirishga intiladi. Bugun Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi talabalari Jahon ijtimoiy ish kunini nishonlar ekanlar, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha o‘z g‘oyalari va kichik loyihalarini taqdim qilmoqdalar.



 

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

 

Diana Isayeva

Bolahimoyasi masalalari bo’yicha maslahatchi

Tel: +998 93 380 34 13

E-mail: krakhmanova@unicef.org

 

 

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: 99893 380 34 19

Эл.почта:negamberdieva@unicef.org

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.