USAID sog'liqni saqlash vazirligiga 1,3 million aqsh dollari qiymatidagi uskunalarni topshirdi

30 May 2022
Флаги ЮНИСЕФ, USAID и Республики Узбекистан рядом с переданным минздраву оборудованием.
UNICEF Uzbekistan/2022/Sorochin

2022-yil 30-may, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan holda O‘zbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga o’ta zarur bo‘lgan sovuq zanjir uskunalari va kompyuterlarni topshirdi. Umumiy qiymati 1,3 million AQSh dollari boʻlgan 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterni oʻz ichiga olgan ushbu uskuna Oʻzbekistonning vaktsinani funktsional va samarali boshqaruvini tatbiq etish qobiliyatini oshiradi. Ushbu juda zarur jihoz butun mamlakat bo'ylab birlamchi tibbiy yordam muassasalariga tarqatiladi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doimiy hamkorlik COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda, aholining eng zaif qatlamlarini emlashda, shoshilinch taʼminot bilan taʼminlashda va iqtisodiyotni tiklashni kuchaytirishda hamda COVID-19ning boʻlajak toʻlqinlariga va boshqa kasalliklarning avj olishiga tayyorgarlik koʻrish, ularni oldini olish, aniqlash va ularga javob berishda muhim ahamiyatga ega”, dedi USAID maʼmuriyatining Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Anjali Kaur.

Ushbu beg’araz yordam USAIDning COVID-19 bo’yicha yordami uchun jami 16 million AQSh dollari miqdorida yirik xayriya qismidir. USAID UNICEF orqali Oʻzbekistondagi barcha bolalarni emlashni taʼminlash uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda. Vaktsinalar va ularni saqlash va boshqarish uchun zarur bo‘lgan samarali sovuq zanjir texnologiyasi O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash strategiyasining markaziy elementlari hisoblanadi.

“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga yetib boruvchi funktsional sovuq zanjir juda muhim, – dedi Munir Mamadzade, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Ushbu asbob-uskunalar Oʻzbekiston xalqi oʻzining asosiy sogʻliqni saqlash xizmatlarini oladigan joyga boradi. Birlamchi tibbiy yordam darajasiga sarmoya kiritish odamlar va bolalarni hayotni saqlab qoladigan vaktsinalarga ega bo'lish uchun juda muhim”, - deya qo'shimcha qildi u. 

AQShning ushbu yordami COVID-19 vaktsinasini emlash hamda 2022-yil sentab oyiga rejalashtirilgan qizamiq va qizilchaga qarshi emlash kampaniyasiga hissa qo‘shadi. COVID-19ning birinchi holati aniqlangandan beri AQSh hukumati O‘zbekistonga pandemiyaga qarshi kurash uchun 18 million AQSh dollardan ortiq miqdorda yordam ko‘rsatdi. Bunga USAID mablag'lari va Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) yordami kiradi hamda 7 milliondan ortiq vaktsinani o'z ichiga oladi.

USAID to’g’risida

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni ko‘paytirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, jumladan, COVID-19ni yengish va hukumatning aholi ehtiyojlariga javob berish salohiyatini oshirishda hamkorlik qiladi. Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://www.usaid.gov/uzbekistan ga va USAIDning Facebookdagi sahifasiga tashrif buyuring: www.facebook.com/USAIDUzbekistan

OAV murojaatlari uchun mas'ul xodimlar:

Umidjon Xudaykulov

Immunizatsiya bo’yicha maslahatchi, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998 93 5509775

Elekton pochta: ukhudaykulov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdieva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998 93 380 34 19

Elekton pochta: negamberdieva@unicef.org

***

Sanobar Xudaybergenova

Rivojlanish va kommunikatsiyalar bo'yicha mutaxassis, USAIDning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998 90 370 1497

Elekton pochta: skhudaybergenova@usaid.gov

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.