Bolalar hayotini eng yaxshi tarzda boshlashda ota-onalarga ko‘maklashish uchun UNICEF va hamkor tashkilotlar «Ota-onalik oyligi»ni e'lon qildilar

20 Oktabr 2021

ТОSHKENT, 20 окtabr 2021yil Bugun UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha  ta'lim vazirligi ilk bolalik davrida rivojlanish bo‘yicha kampaniyani boshladilar. “Ota-onalik oyligi” deb nomlangan ushbu kampaniya qo‘shma tashabbus bo‘lib, u ota-onalar va bola parvarishlovchilarga ilk bolalik davrida rivojlanish bo‘yicha dalillarga asoslangan va hayot uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlarni taqdim etish va bola parvarishi bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashishga qaratilgan. Bir oy davomida yetakchi milliy ekspertlar ilg‘or tajriba bilan urtoqlashadilar va bolaning xar tomonlama mukammal rivojlanishini ta'minlovchi eng asosiy maslahatlarni beradilar.

Taqdim etilajak materiallar salomatlik, to‘g‘ri ovqatlanish, immunizatsiya, erta ta'lim va rag‘batlantirish hamda xavfsizlik masalalari bo‘yicha tavsiyalar, foto va videolavhalardan iborat bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar o‘z ijtimoiy media-maydonlari orqali qiziqarli hayotiy hikoyalar, maqolalar va mahorat darslari bilan o‘rtoqlashadilar. Tashabbus doirasida ilk bolalik davrida rivojlanish bo‘yicha mutaxassislar teledasturlar orqali ota-onalar va bola parvarishlovchilarning savollariga javob beradilar.

“Farzandlar hayotining ilk yillarida e'tiborli ota-ona bo‘lish inson kapitalini shakllantirishga hissa qo‘shib, bola va butun xalq kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lik, oziqlanish, xavfsizlik  va erta ta'lim bilan bog‘liq bo‘lgan ilk tadbirlar bola rivojlanishining asosidir. Otalar, onalar va bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan boshqa shaxslar bolalar hayotining dastlabki yillarida ularni qay yo‘sinda parvarish qilishi va qo‘llab-quvvatlashi bola barkamol rivojlanishi uchun hal qiluvchi omillardan biridir,” dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Bolaning erta yoshdagi rivojlanishi u maktabda va kelgusi hayotida muvaffaqiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi," deb ta'kidladi u.

Ota-onalar va bola parvarishlovchilar uchun materiallar bilan hamkor tashkilotlarning veb saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishish mumkin:

Sog‘liqni saqlash vazirligi:

https://ssv.uz/

https://facebook.com/ssvuz

https://twitter.com/furqatsanayev

https://t.me/uzssgzt

 

Maktabgacha ta'lim vazirligi:

https://mdo.uz

https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3JzcmsPO0jpg

https://www.instagram.com/mdo.uz/

https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/

https://innocenter.uz

https://www.facebook.com/bilimmakon

https://instagram.com/bilimmakon

https://t.me/innocenteruz

https://www.youtube.com/channel/UCjXeFXj-a8m9uPowCzoOulA

 

UNICEF:

https://www.unicef.org/uzbekistan/en

https://www.facebook.com/unicefuzb

https://www.instagram.com/unicefuzbekistan/

https://twitter.com/unicefuzb

https://t.me/unicefuzbekistan

Bundan tashqari, hozirgi kunda UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha  ta'lim vazirligi ota-onalar va bola parvarishlovchilarga mo‘ljallangan innovatsion vosita bo‘lmish “Bebbo” mobil ilovasi ustida ish olib bormoqdalar. Qo‘llanilishi qulay qilib yaratilayotgan mazkur “cho‘ntak yo‘riqnomasi”, kattalarga 0 dan 7 yoshgacha bo‘lgan kichkintoylarni tarbiyalashda yordam berishga mo‘ljallangan. Ushbu mobil ilova O‘zbekistonda 2021 yilning noyabr oyida ishga tushiriladi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Fahriddin Naizamov, Sog‘liqni saqlash va oziqlanish masalalari bo‘yicha mutaxassis

Теl.+998 93 3990557

El.pochta: fnizamov@unicef.org  

***

Vazira Nazarova, Ilk bolalik davrida rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchi

Теl.+998 93 3803007

El.pochta: vnazarova@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi

Теl.+998 93 380 34 19

El.pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.